Pedagogik texnologiyalar...
O`zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish
xodimlarning yangi avlodini yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va
ijtimoiy faollik, ijtimoiy-siyosiy hayotga mustaqil moslashish
ko'nikmalari hamda istiqbol rejalarini belgilash va hal etish
qobiliyatlarini shakllantirishga yo'naltirilgan.
Mazkur vazifalarni bajarishda zamonaviy pedagogik
texnologiyalarga alohida ahamiyat beriladi.
Ta'lim-tarbiya jarayonini samarali ro'yobga chiqarish ko'p
jihatdan maktabning har bir o'qituvchisi, akademik litsey va
kasb-hunar kolleji, oliy maktab muallimining yangi pedagogik
texnologiyalardan foydalanishning umumiy nazariy va amaliy
asoslarini qay darajada egallaganligi bilan belgilanadi.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida
tashkil etilgan innovatsion texnologiyalar Markazi o'quv jarayonida
o'qituvchilarni yangi pedagogik texnologiyalarning ilmiy-amaliy
asoslari bilan qurollantirishni o'zining asosiy maqsadi qilib
qo'yadi.
Markazda ishlab chiqilgan innovatsion texnologiyalar dasturi
seminarlar bilan xalq ta'limi xodimlarining barcha kategoriyalarini
qamrab olish imkonini beradi. Bular maktab o'qituvchilari,
direktorlari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari, oliy
o'quv yurtlari o'qituvchilari, aspirantlar va bo'lajak
magistrlardir.
Loyiha – rejada namuna sifatida oliy o'quv yurtlari va oliy
harbiy bilim yurti o'qituvchilarining ish rejalari keltirilgan.
Innovatsion texnologiyalar Markazida xalqaro va respublikaning
ilg'or pedagogik tajribasini o'rganish asosida mualliflik
texnologiyalari ishlab chiqilgan.
Innovatsion texnologiyalar Markazida pedagogik texnologiyalar
qo'yidagi yo'nalishlar bo'yicha ishlab chiqilmoqda:
- o'quv jarayonini qamrab oluvchi pedagogik texnologiyalar;
- dekan o'rinbosarlari, akademik guruhlarning murabbiylari,
«Ma'naviyat va ma'rifat» ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari
uchun tarbiyaviy pedagogik texnologiyalar;
- fanlar bo'yicha pedagogik texnologiyalar.
Mamlakatimiz rivojlanishining muhim sharti zamonaviy iqtisod,
fan, madaniyat, texnika, texnologiya rivoji asosida kadrlar
tayyorlashning takomillashgan tizimiga amal qilish bo'lib
hisoblanadi.
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni amalga oshirishda uzluksiz
ta'lim tizimining tuzilmasi va mazmunining tub islohotlari ko'zda
tutiladi.
Mavjud ta'lim tizimini tubdan isloh qilish va kadrlar tayyorlash
milliy dasturini zamonaviy ilmiy tafakkur yutuqlariga, ijtimoiy
tajribaga tayangan holda, uzluksiz ta'lim tizimini barcha shakldagi
ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini ta'minlovchi ilg'or
ilmiy-metodik texnologiya sifatida amalga oshirishdir.
Hozirgi bosqichda pedagogika fanining dolzarb masalalari qatoriga
fan, texnika, ilg'or texnologiya yutuqlaridan foydalanish asosida
tarbiyaning maqsad, mazmun, metodlari va tashkil etilishini ilmiy
ta'minlash masalalari kiradi.
Oliy ta'limning hal qiluvchi vazifalaridan biri yuqori natija
beruvchi o'qishni ta'minlash va malakali kadrlarni zamonaviy ta'lim
beruvchi kasb-hunar dasturlari asosida tayyorlashdir.
Oliy ta'limning hozirgi bosqichdagi islohoti oliy maktab
o'qituvchisi vazifalarini ham o'zgartiradi.
Oliy maktab o'qituvchisining faoliyati shaxs uchun o'qish
jarayonida ta'lim olish sharoitlarini yaratish, ehtiyoj va
qobiliyatini shakllantirishga yo'naltirilgan bo'lishi shart.
Oliy maktabning o'qituvchisining malakasi ikki qirraga ega
bo'lishi lozim. Ular ikki fan: maxsus va pedagogik fanlar bilan
yoritiladi. Oliy maktab o'qituvchisiga doimo: nima uchun o'qitish
kerak? qanday o'qitish kerak? kabi savollarni hal qilishiga to'g'ri
keladi. Bu savollarni to'g'ri hal qilish yo'lini topish zarur. Bular
pedagogika fanining qoidalari, asosiy qonuniyatlari bilan muvofiq
interpretatsiyalar, o'qitish xususiyatlarini hisobga olgan holdagi
bilimlarga asoslangan bo'lishi shart. Hozirgi bosqichda tub ijtimoiy
o'zgarishlar pedagogik konsepsiyalarni pedagogika fanining faol
rivojlanishini inson-shaxs-individ yo'nalishida zamonaviy talablar
asosida ko'rib chiqishni talab etadi. Pedagogikani yangi tamoyillar
asosida tiklashning muhim muammosi o'qituvchining mutaxassisligi
asosini tashkil etishi shart bo'lgan pedagogik jarayonning nazariy
mezonlarini ishlab chiqishdir.
O'qituvchi o'z mutaxassisligi bo'yicha bilimidan qat'i nazar,
o'quv jarayoniga qadam qo'yar ekan, pedagogik va psixologik
bilimlar, texnologiya va o'qitish metodikalari yig'indisi bo'lgan
zarur pedagogik minimumlarni egallagan bo'lishi shart.
Dolzarb muammolardan biri yuqori malakali, raqobatbardosh
o'qituvchi kadrlar tayyorlash, ularning kasbiy omilkorliklarini
shakllantirish, metodik mahoratini ko'tarish, o'qituvchilarni yangi
pedagogik texnologiyalar bilan qurollantirish bo'lib qolmoqda.
Shu munosabat bilan hal qiluvchi vazifalardan biri samarali
tayyorlash, oliy o'quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari va akademik
litseylar o'qituvchilarining malakasini oshirish va ularni qayta
tayyorlashdir.
Yuqorida qayd etilgan maqsadlarni ro'yobga chiqarish maqsadida
Nizomiy nomidagi TDPUda innovatsion texnologiyalar Markazi tashkil
etilgan.
Markaz o'qituvchilarni yangi pedagogik texnologiyalarga jadal
o'rgatishni amalga oshirmoqda. O'quv kursining davomiyligi 5 kun
bo'lib, 40 soatli dastur asosida olib boriladi.
O'qituvchilar o'qish jarayonida quyidagi asosiy masalalar bilan
tanishadilar:
- Oliy maktab rivojining yangi bosqichi.
- Oliy maktab shakllanishining asosiy tamoyillari.
- Oliy maktabda ta'limiy jarayon.
- Davlat standartlari. Oliy maktabning o'quv rejalari.
- Oliy maktab o'qituvchisining kasbiy-pedagogik faoliyati.
- Oliy maktab o'qituvchisi shaxsiga qo'yilgan talablar.
- O'qituvchining pedagogik qobiliyati. Pedagogik qobiliyatlar
guruhi.
- O'qish, uqish, o'qitish bo'yicha qobiliyatlar.
- Tarbiya jarayoniga yo'naltirilgan pedagogik qobiliyatlar.
- Pedagogik muloqot qobiliyatlari.
- Kommunikativ qobiliyatlar. Oliy maktab o'qituvchisi
faoliyatining turlari.
- O'quv-pedagogik faoliyatlar.
- O'qituvchining ilmiy-tadqiqot faoliyatlari.
- Nazariy va amaliy faoliyat.
- O'qituvchi pedagogik faoliyatining tarkibiy qismlari:
konstruktiv, tashkiliy, gnostik, kommunikativ.
- Oliy maktab o'qituvchisining faoliyatiga qo'yiladigan baho
darajasi: reproduktiv, adaktiv, lokal moduli. Modul-tizimli
bilimlar. Modul-tizimli faoliyat.
- Oliy maktab o'qituvchisi faoliyatining pedagogik vazifalari:
strategik vazifalar; taktik vazifalar; dolzarb masalalar.
- Innovatsion faoliyatning nazariy asoslari.
- Innovatsion jarayonning hayot sikli konsepsiyasi. Innovatsion
jarayonlarning shakllari.
- Pedagogik innovatsiyada «yangilik» tushunchasi. Xususiy
yangilik, shartli yangilik, mahalliy yangilik, subyektiv yangilik.
Innovatsion jarayonning tarkibi.
- Innovatsion jarayonlarning o'tish qonuniyatlari.
- Oliy maktab o'qituvchisi innovatsion faoliyatiga akmeologik
yondashuv.
- O'qituvchi innovatsion faoliyatining shakllanish shartlari.
- Innovatsion faoliyatning asosiy vazifalari.
- Innovatsion faoliyat mezonlari.
- Innovatsion faoliyatning asosiy tavsiflari.
- O'qituvchining innovatsion faoliyatga tayyorlik mezonlari.
- Oliy maktabda o'qishni tashkil qilishning shakl va metodlariga
qo'yilgan zamonaviy talablar.
- Oliy maktabda o'qitish shakllari. Oliy maktabda o'qish shakl
va metodlarining tasnifi.
- Leksiyalarning didaktik maqsadi, amaliy (mashqlar, seminar va
laboratoriya) mashg'ulotlar. Mustaqil ishlar.
- Oliy maktabda o'qitish metodlari va ularning tasnifi.
- Talaba shaxsi. Shaxs rivojining umumiy qonuniyatlari.
- Talaba shaxsi rivojining omillari.
- Shaxs rivojining darajalari.
- Talaba shaxsi rivojiga ilmiy yondashuvlar. Talaba shaxsiga
sotsiogenetik yondashuv. Psixogenetik yondashuv. Psixodinamik
yondashuv. Kognivistik nazariya. Shaxsiy yo'nalganlik.
- «Bilish faoliyati» tushunchasi:
- Bilish faoliyatini faollashtirish.
- Bilishga qiziqish.
- Bilishga qiziqish faolligi.
- Bilish mustaqilligi.
- «Pedagogik texnologiya» tushunchasi:
- Pedagogik texnologiyaning asosiy vazifalari.
- Pedagogik texnologiya darajalari.
- Umumpedagogik texnologiya.
- Xususiy-metodik texnologiya.
- Modul texnologiyasi.
- Pedagogik texnologiya tarkibi.
- Muammoli ta'lim mohiyati.
- Muammoli vaziyat. Muammoli vaziyatning tan olinishi.
- Muammoli ta'lim shartlari.
- Muammoli ta'limning asosiy metodlari.
- Muammoli seminarlar.
- Muammoli amaliy mashg'ulotlar.
- O'yinli faoliyat.
- O'yin tuzilmasi.
- O'yin modifikatsiyasi.
- Imitatsion o'yinlar. Tashkiliy o'yinlar. Rolli o'yinlar.
Amaliy teatr. Psixodrama va sotsiodrama.
- O'yin - munozara.
- Bahs - munozara turlari: evristik, mantiqiy, so'fiylik,
avtoritar, tanqidiy, demogogik, pragmatik.
- Vaqtincha chegaralanganlik texnologiyasi.
- Taqiqlash texnologiyasi.
- Tezlikda eskizlash texnologiyasi.
- Axborotlar mo'lligi texnologiyasi.
- Axborotlar tanqisligi texnologiyasi.
- «Bama'nilik» texnologiyasi.
- Yalpi «Fikrlar hujum» texnologiyasi.
- «Aqliy hujum» texnologiyasi.
- «Aql bilan ishg'ol qilish» texnologiyasi.
- «Qora quti» metodi.
- «Kundaliklar» metodi.
- 6-6 metodi.
- Masalalarni qiyoslab (analogiya) hal qilish:
to'g'ridan-to'g'ri; shaxsan; ramziy; xayolan.
- Tanqidiy tafakkur texnologiyasi.
- Tanqidiy tafakkur jarayonni tahlili.
- Chorlash, fikrlash, tafakkur yuritish bosqichlari.
- Munozaralar texnologiyasi.
- Pedagogik hamkorlik texnologiyasi.
- O'qitishning interaktiv texnologiyasi.
- O'qitishning differensial texnologiyasi.
- Individual (yakka holda) o'qitish texnologiyasi.
Markazda ta'lim jarayoni
Tinglovchilar Markazda o'qish jarayonida o'zlarining ilmiy
saviyalarini oshiradilar, o'qitishning yangi ilg'or texnologiyalari
va innovatsion strategiyalarini o'zlashtirib oladilar, o'qitishning
interaktiv metodlarini egallaydilar. Shu bilan birga, tinglovchilar
psixologik muammolar va muloqot qonuniyatlarini tushunib oladilar,
shaxsni milliy-madaniy, tarixiy o'ziga xoslik, ma'naviy-axloqiy
an'analar, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash
texnologiyalarini o'zlashtiradilar.
Innovatsion texnologiyalar Markazida o'qitish interaktiv seminar
shaklida olib boriladi. Tinglovchilar nazariy va tarqatma
materiallar ustida ishlash imkoniyatiga ega bo'ladilar hamda ular
vositasida munozaralar tashkil etiladi, texnologik xaritalar
tuziladi, predmetlar texnologiyalarining mumkin bo'lgan variantlari
aniqlanadi.
O'qish jarayonida foydalaniladigan asosiy texnologiyalar Markazda
ishlab chiqilgan. Ayni choqda Markaz ish amaliyotida Oliy va o'rta
maxsus maktab o'kuv jarayoni xususiyatlariga moslashtirilgan xalqaro
tajribalardan foydalaniladi.
Tinglovchilarga taklif etiladigan texnologiyalarning asosiylari
quyidagilar:
Quyida ayrim pedagogik texnologiyalarga misollar keltiramiz:
Fikrlar
hujumi
Bevosita jamoa bo'lib «Fikrlar hujumi» («Mozgovaya ataka»)
olib borish. Bu metoddan maqsad mumkin qadar katta miqdordagi
g'oyalarni yig'ish, talabalarni ayni bir xil fikrlash inersiyasidan
holi qilish, ijodiy vazifalarni yechish jarayonida dastlab paydo
bo'lgan fikrlarni yengishdir. Bu metod A.F.Osborn tomonidan tavsiya
etilgan. Bu metodning asosiy tamoyili va qoidasi bahs
ishtirokchilari ishlab chiqqan g'oyalar tanqidini mutlaq taqiqlash,
har qanday luqma va hazil-mutoibani rag'batlantirishdir. Bu metoddan
foydalanishning muvaffaqiyati ko'p jihatdan o'qituvchi – mashg'ulot
rahbariga bog'liq. «Fikrlar hujumi» ishtirokchilari miqdori 15
kishidan oshmasligi kerak. Mashg'ulotning davomiyligi bir soatgacha.
Yalpi «Fikrlar hujumi». Bu metod J.Donald Filips tomonidan
ishlab chiqilgan. U katta guruhlarda (20 dan 20 tagacha bo'lgan)
yangi g'oyalar ishlab chiqish samaradorligini sezilarli darajada
oshirishni ta'minlaydi. Barcha ishtirokchilar kichik-kichik 5-6
kishidan iborat guruhlarga bo'linadi va har bir kichik guruh hal
qilinadigan ijodiy vazifa va muammo bo'yicha 15 daqiqa davomida
mustaqil ravishda o'zaro «Fikrlar hujumi» o'tkazadi. Shundan so'ng
har bir kichik guruh vakili o'z guruhlarida ishlab chiqilgan g'oya
haqida axborot beradilar va o'qituvchi rahbarligida jamoa bo'lib
unga baho beradilar va ulardan eng yaxshilari, betakrorlari tanlab
olinadi.
«Fikrlarning shiddatli hujumi» – destruktiv berilgan baho
bilan dialog. Bu metod Ye.A.Aleksandrov tomonidan taklif
qilingan. G.Ya.Bush tomonidan o'zgartirilib yo'lga qo'yilgan
Dialogning mohiyati shundaki, kollektiv bo'lib g'oyalar ishlab
chiqishda ishtirokchilarning ijodiy imkoniyatlari faollashtiriladi
va unga zid g'oyalar qo'yiladi.
Mashg'ulot bosqichma-bosqich quyidagi tarzda o'tkaziladi:
1-bosqich. Miqdor va psixologik muloqoti jihatidan maqbul kichik
guruhlarni shakllantirish;
2-bosqich. Vazifa, muammodan kelib chiqadigan maqsadlarni
ifodalash;
3-bosqich. To'g'ridan-to'g'ri «Fikrlar hujumi» qoidasiga asosan
har bir guruhda g'oyalar ishlab chiqish;
4-bosqich. G'oyalarni tartibga solish va tasniflash;
5-bosqich. G'oyalarni destruktivlash, ya'ni amalga oshishi
imkoniyatiga qarab baholash;
6-bosqich. Avvalgi bosqichlarda bildirilgan tanqidiy
mulohazalarga baho berish.
«Tarmoqlar» metodi (Klaster)
Fikrlarning tarmoqlanishi – bu pedagogik strategiya bo'lib, u
o'quvchilarni biron bir mavzunni chuqur o'rganishlariga yordam
berib, o'quvchilarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni
erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog'lagan holda
tarmoqlashlariga o'rgatadi.
Bu metod biron mavzuni chuqur o'rganishdan avval o'quvchilarning
fikrlash faoliyatini jaddalashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat
qilishi mumkin. Shuningdek, o'tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi
o'zlashtirish, umumlashtirish hamda o'quvchilarni shu mavzu bo'yicha
tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.
«Bumerang» texnologiyasi.
Mazkur texnologiya bir mashg'ulot davomida o'quv materialini
chuqur va yaxlit holatda o'rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin
egallashga yo'naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga (muammoli,
munozarali, turli mazmunli) ega bo'lgan mavzularni o'rganishga
yaroqli bo'lib, o'z ichiga og'zaki va yozma ish shakllarini qamrab
oladi hamda bir mashg'ulot davomida har bir ishtirokchining turli
topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan o'quvchi yoki o'qituvchi
rolida chiqishi mumkin.
«Bumerang» texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni
shakllantirishga imkoniyat yaratadi; xotirani, g'oyalarni,
fikrlarni, dalillarni yozma va og'zaki shakllarda bayon qilish
ko'nikmalarini rivojlantiradi.
Ta'lim bilan bir qatorda mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi
qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
- jamoa bilan ishlash mahorati;
- muomalalik;
- xushfe'llik;
- ko'nikuvchanlik;
- o'zga fikriga hurmat;
- faollik;
- rahbarlik sifatlarini shakllantirish;
- ishga ijodiy yondashish;
- o'z faoliyatining samarali bo'lishiga qiziqish;
- o'zini xolis baholash.
Asosiy tushunchalar quyidagilar:
Ochiq savollar – bu savollar muomala, so'zlashuvni davom
ettirishga imkon beradi. Ularga qisqa, bir xil javob berish mumkin
emas.
Yopiq savollar – bu savollar oldindan «ha» yoki «yo'q» tipidagi
to'g'ri, ochik, javoblarni berishni ko'zda tutadi.
Ko'ndalang so'roq – bir-biriga guruhlab beriluvchi qisqa savollar
qatori bo'lib, bu o'ziga xos axborotlar izlash hamda dalillarni,
opponentlar pozitsiyasini aniqlash va muayyan qarorlar qabul qilish
uchun ajoyib imkoniyatdir.
Ko'ndalang so'roq paytida munozaraga kirishish mumkin emas. Bu
vaqtda faqat savollar beriladi, munozaraga kirishilmaydi.
«Skarabey» texnologiyasi.
«Skarabey» interaktiv texnologiya bo'lib, u o'quvchilarda fikriy
bog'liqlik, mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi,
qandaydir muammoni hal qilishda o'z fikrini ochiq va erkin ifodalash
mahoratini shakllantiradi. Mazkur texnologiya o'quvchilarga mustaqil
ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash,
o'rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarni aniqlash
imkonini beradi. U, ayni paytda, turli g'oyalarni ifodalash hamda
ular orasidagi bog'liqliklarni aniqlashga imkon yaratadi.
«Skarabey» texnologiyasi har tomonlama bo'lib, undan o'quv
materialining turli bosqichlarini o'rganishda foydalaniladi:
-boshida – o'quv faoliyatini rag'batlantirish sifatida («Aqliy
hujum»);
-mavzuni o'rganish jarayonida – uning mohiyati, tuzilishi va
mazmunini belgilash; ular orasidagi asosiy qismlar, tushunchalar,
aloqalar xarakterini aniqlash; mavzuni yanada chuqurroq o'rganish,
yangi jihatlarini ko'rsatish;
-oxirida – olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash
maqsadida.
«Skarabey» texnologiyasi o'quvchilar tomonidan oson qabul
qilinadi, chunki u faoliyatning fikrlash, bilish xususiyatlari
inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. U o'quvchilar tajribasidan
foydalanishni ko'zda tutadi, reflektiv kuzatishlarni amalga
oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o'tkazish
imkoniyatlariga ega.
Mazkur texnologiyaning ayrim afzalliklari sifatida idrok qilishni
yengillashtiruvchi chizma shakllardan foydalanishni ko'rsatish
mumkin.
«Skarabey» alohida ishlarda, kichik guruhlarda hamda o'quv
jamoalarida qo'llanishi mumkin.
Ta'limdan tashqari mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator
vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
- o'zgalar fikriga hurmat;
- jamoa bilan ishlash mahorati;
- faollik;
- xushmuomalalik;
- ishga ijodiy yondashish;
- imkoniyatlarini ko'rsatish ehtiyoji;
- o'z qobiliyati va imkoniyatlarini tekshirishga yordam beradi;
- «men»ligini ifodalashga imkon beradi;
- o'z faoliyati natijalariga mas'ullik va qiziqish uyg'otadi.
Asosiy tushunchalari quyidagilar:
Assotsiatsiya – mantiqiy bog'liqlik bo'lib, sezgilar,
tasavvurlar, idrok qilish, g'oyalar va boshqalar orasida hosil
qilinuvchi mantiqiy aloqadir.
Ranjirlash (muayyan tartib) – ahamiyati, muhimligi, mazmuni
darajasiga qarab tartiblash.
«Tarozi» texnologiyasi.
Mazkur texnologiya munozarali, murakkab mazmunli mavzularni
o'rganishda qo'l keladi. U tanqidiy tafakkur, mantiq, ijodiy
improvizatsiya, fikran tajribalarni rivojlantirishga yo'naltirilgan.
Bu texnologiya dalillash qobiliyatini rivojlantirish, o'z
dalillarini yozma va og'zaki shaklda ishonchli va lo'nda ifodalashni
shakllantiradi, o'z nuqtai nazarini himoya qiladi, muxoliflarni
ishontiradi, munozara madaniyatiga o'rgatadi.
«Tarozi» texnologiyasi o'quv materialini o'rganishning turli
bosqichlarida qo'llanishi mumkin. Ammo u o'tilgan materiallar
bo'yicha xulosa qilish bosqichida yuqori samara va natija beradi,
chunki o'qiyotganlarning yuqori darajada xabardorliklarini va
o'rganilgan materiallardan erkin foydalanishini nazarda tutadi.
Bu texnologiya kichik guruhlarda va jamoalar orasida amaliyotga
tatbiq etilishi mumkin.
Asosiy tushunchalar sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:
Mavzu turli nuqtai nazarlarning to'qnashuviga imkoniyat beruvchi
hamda ulardan birortasiga ham imtiyoz bermaydigan tasdiqdir. Mavzu
shunday tanlanishi kerakki, u o'rganilayotgan mavzuning barcha
qirralarini ochishi, o'quvchilarning axborot qidirish hamda
izlanuvchanlik faoliyatlarini rag'batlantirsin.
Argument – bu o'z nuqtai nazarini tasdiqlashga olib keluvchi
asosli dalil, g'oya, mulohazadir. Dalillash anik, mantiqiy,
asoslangan bo'lishi, faktlar, sharhlar, mulohazalar, isbotlar,
misollar, iqtiboslar, manbalarga, obro'li guvohnomalarga havolalar
va boshqalar bilan quvvatlangan bo'lishi kerak.
Kontrargument (qarshi dalillash) – bu raqibning dalillarini rad
etish bo'lib, u dalillashga qo'yiladigan talablarga mos kelishi
kerak. To'g'ri tanlangan kontrargument raqibning nuqtai nazarini
zaiflashtirishi hamda o'zining himoya yoki rad etish chizig'ini
mustahkamlashi lozim.
Ta'limdan tashqari mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator
vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
- rahbarlik sifatlarini shakllantirish;
- o'z shaxsini takomillashtirishga intilish;
- faol hayotiy nuqtai nazarini shakllantirish;
- o'zga fikriga hurmat va toqat qilish;
- jamoada ishlashni eplay olish;
- murosali qarorga kela olish;
- xushmuomalalik;
- o'z faoliyati natijalariga mas'ullik va qiziqish.
«Yelpig'ich» texnologiyasi
Bu texnologiya murakkab, ko'ptarmoqli, mumkin qadar, muammo
xarakteridagi mavzularni o'rganishga qaratilgan.
Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli
tarmoqlari bo'yicha biryo'la axborot beriladi. Ayni paytda, ularning
har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va
salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va
zararlari belgilanadi.
Bu interaktiv texnologiya tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy
fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o'z g'oyalari,
fikrlarini yozma va og'zaki shaklda ixcham bayon etish, himoya
qilishga imkoniyat yaratadi.
«Yelpig'ich» texnologiyasi umumiy mavzuning ayrim tarmoqlarini
muxokama qiluvchi kichik guruhlarning, har bir qantashuvchining,
guruhning faol ishlashiga qaratilgan.
«Yelpig'ich» texnologiyasi mavzuni o'rganishning turli
bosqichlarida qo'llanilishi mumkin:
-boshida: o'z bilimlarini erkin faollashtirish;
-mavzuni o'rganish jarayonida: uning asoslarini chuqur fahmlash
va anglab yetish;
-yakunlash bosqichida: olingan bilimlarni tartibga solish.
Asosiy tushunchalar quyidagilar:
Aspekt (nuqtai nazar) bilan predmet, hodisa, tushuncha
tekshiriladi.
Afzallik – biror narsa bilan qiyoslangandagi ustunlik, imtiyoz.
Fazilat – ijobiy sifat.
Nuqson – nomukammallik, qoidalarga, mezonlarga nomuvofiqlik.
Xulosa – muayyan bir fikrga, mantiqiy qoidalar bo'yicha dalildan
natijaga kelish.
Ta'limdan tashqari «Yelpig'ich» texnologiyasi tarbiyaviy
xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
- jamoa, guruhlarda ishlash mahorati;
- muammolar, vaziyatlarni turli nuqtai nazardan muhokama qilish
mahorati;
- murosali qarorlarni topa olish mahorati;
- o'zgalar fikriga hurmat;
- xushmuomalalik;
- ishga ijodiy yondashish;
- faollik;
- muammoga diqqatini jamlay olish mahorati.
Seminarning ishida «Blits – o'yin», «Chorraha», «Muomala
texnologiyasi», turli ish o'yinlari texnologiyasi kabilardan ham
foydalaniladi. Masalan, «Agar men ... bo'lsam» kabi.
«Muammoli ta'lim», «Pedagogik vaziyatlar» texnologiyalariga
alohida e'tibor berish zarur.
Innovatsion texnologiyalar Markazi o'z ishini Nizomiy nomidagi
TDPUda amalga oshiradi. Markaz ishida ko'chma seminarlar ham amalga
oshiriladi. Namuna sifatida Namangan shahridagi tibbiyot o'quv
yurtida hamda Chirchiq shahridagi Harbiy tankchilar Oliy o'quv
yurtida o'tkazilgan ko'chma seminarni keltirish mumkin.
Ko'chma seminarlarni tayyorlashda Markaz har bir o'quv
yurtlarining o'quv-tarbiyaviy jarayoni xususiyatlaridan kelib
chiqqan.
Markazda tinglovchilarni o'qitish o'zbek va rus tillarida olib
boriladi. O'qitish jarayonida tinglovchilar yangi pedagogik
texnologiyalar bo'yicha tarqatma materiallar bilan ta'minlanadilar.
Tanaffus chog'ida tinglovchilarga issiq nonushta va kofe taklif
etiladi.
O'quv jarayoni pulli-shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Darslarda foydalanish uchun pedagogik texnologiyalardan namunalar:
Fizika
Impulsning saqlanish qonuni
Kvant fizika
Axborot texnologiyalaridan foydalanib fizikadan masala yechish
Elektr zaryadi
Elektr energiya ishlab chiqarish va uning taqsimoti
O`qitishning texnik vositalari klassifikatsiyasi
Qiya tekislikka tegishli masalalar yechish metodikasi
Gazlarni statistik o`qitish
Geometrik optika
Yer shari va uning atmosferasining tuzilishi
Ideal gaz holatining asosiy tenglamasi
Quyosh va uning sistemasi
Quyosh fotosferasi va undagi tuzilmalarning fizik tabiati
Magnetizm
Kasb-hunar kollejlarida o`quvchilarni fizikadan amaliy ko`nikma va malakalarini shakllantirish metodikasi
Mexanika
Tarqoq yulduz to`dalarini o`qitish metodikasi
O`zgarmas tok qonunlari
Fizikadan yasama asboblar yasash metodikasi
Fotoeffekt mavzusini o`qitish
Yadro energetikasi
Astronomiya
Àñòðîíîìè÷åñêèå èíñòðóìåíòû íà Çåìëå è â êîñìåñå
Astronomiya sayllari
Astronomiyani AT muhitida o`qitish
Matematika
Matchad muhitida matematika o`qitish samaradorligini oshirish metodikasi
Informatika
www tåõnîlîgiyasi và multimådià imkîniyatlàri
www tåõnîlîgiyasi
Masofaviy ta`lim modellari
Internet tizimi va undan foydalanish metodikasi
Delphi dasturlash tili
Pedagogika
Pedagogika tizimida o`qituvchi va o`quvchi munosabatlari
O`qitishning zamonaviy texnik vositalaridan foydalanish
Pedagogik jarayonni loyihalashtirish yuzasidan metodik tavsiyalar
Boshlang`ich sinf o`quvchilarini insho yozishga o`rgatish
Aloqa telefonlari:
Nizomiy nomidagi TDPU rektorati 54–92-02
Faks 54-92-17
Innovatsion texnologiyalar Markazi 55-78-31
|