Respublika pedagogika ta`lim muassasalari portali...
Ta'lim tizimining asosini yuqori sifatli va
yuqori texnologiyali muhit tashkil etadi. Uning yaratilishi
va rivojlanishi texnik jihatdan murakkab sanalsada, ammo bunday
muhit ta'lim tizimini takomillashtirishga, ta'limda axborot
texnologiyalarini tub ma'noda joriy etishga xizmat qiladi.
O`zbekiston Respublikasi pedagogika ta'lim
muassasalarining yagona axborot makoni ta'lim jarayoni qatnashchilarini
samarali o`zaro aloqasini ta'minlovchi, turli axborot resurslariga
kirish imkoniyatini beruvchi, axborot va zamonaviy ta'lim texnologiyalarini
rivojlantirishuvchi sifatida axborot-ta'lim sharoitlarining
ochiq tizimini yaratadi.
An'anaviy va elektron shakldagi o`quv materiallari
yagona ta'lim muhitining tarkibiy qismi sifatida bir-birlarini
to`ldirishlari muhim sanaladi. Yangi axborot texnologiyalarining
imkoniyatlaridan foydalanish ayrim pedagogik muammolarni yechishdagi
muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi.
Yagona axborot makonini pedagogik ta'lim muhitining
birligini pedagogik ta'lim sifatini, uning rivojlanishini, ilmiy-pedagogik
salohiyatdan samarali foydalanishni tashkil etish sharoitini
yaratuvchi sifatida qarash mumkin.
Yagona axborot portalning yaratilishi kelajakda
quyidagi ijobiy natijalarga olib kelishi maqsad qilingan:
Respublika pedagogika ta'lim muassasalarining yagona axborot
muhiti yaratiladi;
yagona kutubxona muxitini shakllantiradi (elekron kutubxonani
yaratilishi, elektron darsliklar va noan'anaviy axborot tashuvchilar
fondining shakllanishi, yagona ma'lumotlar bazasini yaratilishi
v h.);
pedagogik ta'lim soxasida yagona telekommunikatsiya tarmog`i
muhiti shakllantiriladi;
yangi axborot-ta'lim muhitini shakllantiradi, ta'limda axborot
va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning ijtimoiy-psixologik
asoslarini yaratadi;
yangi axborot madaniyatiga ega pedagogik kadrlarini shakllantirish
orqali pedagogik ta'lim sifatini oshiradi;
yangi ta'lim texnologiyalarining ilmiy va metodik ta'minoti
tizimini yaratadi;
ta'lim axborotlariga, axborot resurslariga ommaviy tashrifni
ta'minlashi, hujjatlarni uzatish, hisobga olish mexanizmini
tizimlashtirishi, respublikada pedagogik ta'limning holati bo`yicha
axborotlarni jamoatchilik uchun ochiqligini amalga oshiriladi;
masofaviy ta'lim tizimi rivojlantiriladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, pedagogika
ta'lim muassasalarining yagona axborot makonini joriy
etilishi pedagogik ta'limning sifatini va axborot ta'minotini
rivojlanishiga yaxshi sharoit yaratadi. Hozirda portalda pedagogika
ta'lim yo`nalishlari bo`yicha davlat ta'lim standartlari,
o`quv rejalari, o`quv dasturlari, darsliklar, o`quv qo`llanmalar,
ma'ruzalar matnlari, nomzodlik, doktorlik dissertatsiyalari,
avtoreferatlar, "Pedagogik ta'lim" jurnalining elektron versiyalari
joylashtirilgan elektron kutubxona va masofaviy kurslar va
testlar, elektron konferentsiyalar, har bir pedagogik OTM
haqida ma'lumotlar va pedagogika OTMlari bitiruvchilari, pedagogika
sohasidagi yangiliklar haqidagi ma'lumotlar joylashtirildi.
Mazkur portal Yevropa Ittifoqi TEMPUS dasturlarining
SCM-T045A04-2004 va IB_JEP-25174-2004 loyihalari doirasida
tayyorlandi.
Pedagog.uz ma`murlari...
|