Qonun va farmonlar...
Respublikamiz o`z mustaqilligini qo`lga kiritgach barcha
sohada bo`lgani singari fan va maorif sohasi bo`yicha ham
qator qonun va qarorlar qabul qilindi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Muqaddimasida
xalqimizning asosiy maqsadlaridan biri insonparvar, demokratik,
huquqiy davlat barpo qilish deb ko`rsatilgan.
Mustaqil davlat poydevorini yaratuvchilar huquqiy jihatdan
bilimli, tarbiyali, ongli bo`lishlari kerak. Qonun-qoidalarni
biladigan, ularga rioya qiladigan, jamiyat ishlarini bajarishda
madaniy saviyasi yuqori bo`lgan shaxslarni shakllantirish,
ya`ni ularni huquqiy tarbiyalash jamiyatimizning asosiy maqsadlardan
biri hisoblanadi.
Huquqiy tarbiya esa, insonni jamiyatda o`rnatilgan qonun-qoidalarga
rioya etish, ularni hurmat qilishga chorlaydi. Yurtboshimiz
I.A.Karimov, Iqtisodiy, siyosiy va eng avvalo huquqiy makonga
tegishlicha bosqichma-bosqich ta’minlanib borilmas ekan,
insonning barcha huquqlari- davlat ishlarini yuritishda qatnashishi,
e’tiqod erkinligi, yig`ilishlar, uyushmalar erkinligi
va shu kabi huquqlar havoda muallaq bo`lib qolaveradi, deb
ta’kidlashi bejiz emas.
Demak jamiyatdagi har bir shaxs o`z huquq va erkinliklarini
bilishi, uni uchun esa chiqarilayotgan qonun va qarorlardan
doimo habardor bo`lib o`z huquqiy bilimini oshirib borishi
darkor.